“Xalqaro IT-sertifikatlarga ega yosh mutaxassislarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi hukumat qarori qabul qilindi. Unga koʻra, 2021-yil 1-iyundan yoshlarning xalqaro IT-sertifikatlarini olish xarajatlarining 50% gacha boʻlgan qismini qoplab berish tartibi joriy etiladi. Talabgorlar buning uchun “Oʻzbekistonning IT-isteʼdodlari” portalida elektron ariza berib bepul roʻyxatdan oʻtishi talab etiladi.
Shuningdek, muqaddam xalqaro IT-sertifikatlarning bir turi boʻyicha xalqaro IT-sertifikat olish xarajatining 50% gacha boʻlgan qismi qoplangan talabgor xalqaro IT-sertifikatlarning boshqa turi boʻyicha minimal koʻrsatkich yoki undan yuqori natija qayd etsa, unga xalqaro IT-sertifikat olish xarajatining 50% gacha boʻlgan qismi toʻlab beriladi.
Xalqaro IT-sertifikatga ega boʻlmasdan turib talabgorning xalqaro IT-sertifikati olish uchun oʻquv kursiga toʻlagan xarajatlari qoplanmaydi.