Markaziy bank boshqaruvining qaroriga muvofiq, “MULTICARD PAYMENT” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga toʻlov tashkiloti faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berildi.

Toʻlov tashkilotlarining soni koʻpayib borayotgani qonunchilikning yaxshi ishlayotganidan dalolatdir. Ushbu xizmatlarning aksariyati deyarli 10 yildan buyon ishlab kelmoqda, ammo rasmiylar toʻlov tashkilotining konsepsiyasi va litsenziyalar berishni faqat oʻtgan yili joriy qildilar.

Regulyator tomonidan roʻyxati shakllantirib boriladigan tashkilotlarning 2021-yilning may oyiga kelib 26 taga yetdi. Bular:

  1. CLICK.
  2. OSON.
  3. Payme.
  4. Paymo.
  5. Paybox.
  6. Upay.
  7. “Uzbekiston pochtasi”.
  8. EcoPay.
  9. Paysys.
  10. alif.mobi.
  11. WOOPPAY.
  12. QR-pay.
  13. MyUzcard.
  14. GlobalPay.
  15. ATTO.
  16. MARTA.
  17. WEBSUM.
  18. YurtPay.
  19. Choykhona.
  20. ZPLAT.
  21. A-Pay.
  22. Tez Pay.
  23. PayLoad.
  24. INTERPAY SYS.
  25. “PANDA INTERNET TECHNOLOGY”.
  26. “MULTICARD PAYMENT”.

Avvalroq Spot, “PANDA INTERNET TECHNOLOGY"ga to‘lov tashkiloti faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berilganligi haqida xabar bergan edi.