Spotify musiqaviy xizmati Storytel audiokitoblar platformasi bilan shartnoma imzoladi. Storytel foydalanuvchilari Spotify orqali xizmatdan foydalanishlari mumkin.

Biroq, faqatgina xizmatga faol obuna bo’lgan Storytel mijozlari kutubxonadan foydalanish huquqiga ega bo’ladilar. Buning uchun ular o’zlarining hisoblarini platformalarda bog’lashlari kerak bo’ladi.

“Spotifyning maqsadi ushbu sheriklik orqali barcha audio — musiqa, podkastlar, jonli suhbat va hozir audiokitoblar uchun yagona platforma bo’lishdir”, dedi Spotify Studios bosh direktori Kortni Xolt.

Storytel kompaniyasi o’z abonent bazasi bo’lgan xizmatlarga “pulli tomoshabinlarga Spotify’dan foydalangan holda pullik kontentni yetkazib berish” imkoniyatini beradigan Open Access Platformasining birinchi a’zosi bo’ldi.


Ma’lumot uchun: Spotify fevral oyida O’zbekistonda ishboshlagan edi. U Shvetsiya musiqaviy xizmati hisoblanib, o’zining maxsus maslahat tizimi bilan ajralib turadi.