Majburiy ijro byurosi Qoʻqon shahrida joylashgan gipermarketni auksionga qoʻydi.
Lot avval savdo obyekti sifatida foydalanilgan boʻlib, 1 qavat bino va 61 ta xonadan iborat.
Binoning umumiy maydoni 2954 kv. metrni tashkil etadi. Elektr, suv va kanalizatsiya taʼminotiga ega. Gaz bilan taʼminlanmagan.
Lotning boshlangʻich narxi 13,1 milliard soʻm boʻlib, arizalar shu yilning 1-iyuniga qadar qabul qilinadi. Savdolar esa 3-iyun kuni boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.
Auksionda ishtirok etish niyatidagi shaxslar batafsil maʼlumotni ushbu havoladan olishlari mumkin.
Avvalroq Spot, auksionda boshlangʻich 1 soʻm narxga nimalarni sotib olish mumkinligi haqida ma’lumot bergan edi.