Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonga xorijdan 156 ta elektromobil import qilingan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 138 taga ko‘p.
2021 yilning aprel oyida 65 ta elektromobil import qilingan.
2021 yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston asosan quyidagi davlatlardan elektromobillarni import qilgan:
- Xitoy — 119 ta
- Turkiya — 24 ta
- Koreya — 4 ta
- AQSH — 4 ta
- Germaniya — 3 ta
- Litva — 1 ta
- Ispaniya — 1 ta
2021-yilning yanvar-aprel oylarida elektromobil import qilgan hududlar:
- Toshkent shahri — 150 ta
- Samarqand viloyati — 2 ta
- Andijon viloyati — 2 ta
- Toshkent viloyati — 1 ta
- Sirdaryo viloyati — 1 ta
So‘nggi yillarda import qilingan elektromobillar soni:
2018-yilda — 13 ta
2019-yilda — 39 ta
2020-yilda — 131 ta
Ma’lumot o‘rnida, 2021-yilning yanvar-aprel oylarida import qilingan elektromobillar uchun 3,4 million AQSH dollari sarflangan.