“Toshkentvino kombinati” AJ aksiyalari “Toshkent” RFB kotirovkasidan delisting qilindi. Bu haqda Birjaning rasmiy saytida xabar beriladi.

Delisting sababi ochiqlanmagan. Endilikda Kompaniya aksiyalarini Elsis Savdo plaformasi orqali xarid qilish mumkin.

Elsis Savdo- Birjadan tashqari aksiyalar oldi-sotdisini amalga oshirish imkoni mavjud bo’lgan platforma. Unda asosan “Toshkent” RFB da listingdan o’tkazilmagan kompaniya aksiyalari joylashtiriladi.