1-iyundan boshlab YouTube platformasida eʼlon qilinadigan barcha videokliplarga reklamalar joylashtiriladi, bu mualliflarning roziligisiz amalga oshirilishi ham mumkin, deya yozmoqda“vc.ru”.
Mazkur yangilik platforma bilan hamkorlik dasturini ishga tushirmaganlar uchun ham taʼsir qiladi. Yetarli darajada ommalashmagan yoki oʻz tarkibidan foyda koʻrishni istamaydigan kanallardagi reklamalardan tushadigan barcha daromadlar kompaniya byudjetiga qoʻshiladi.
Ushbu oʻzgarishlar video blogerlarni hamkorlik dasturiga qoʻshilishlarini qiyinlashtiradi. Oʻz navbatida, tomoshabinlar videolardagi reklamadan xalos boʻlish uchun pulli YouTube Premiumʼga obuna boʻlishga majbur boʻlishadi.
Yangi shartlar YouTube Kids xizmatiga ham tegishli. Agar bolalar undan foydalansalar, ularning ota-onalari farzandi nomidan qoidalarni qabul qilishi talab etiladi.