Louis Vuitton va Dior kompaniyasining rahbari Bernar Arno dushanba kuni Amazon asoschisi Jeff Bezosni ortda qoldirib, dunyoning eng boy odamiga aylandi. Bu haqda Forbes xabar bermoqda.
Arnoning boyligi $186,3 milliardga, Bezosniki esa $186 milliardga baholangan, reytingning uchinchi pogʻonasini $147,3 milliard bilan Tesla asoschisi Ilon Mask band qilgan.
Arno Forbesʼning jahon reytingida bir necha marotaba yetakchilik qilgan. U 2019-yilning dekabrida Bezosdan ilgarilab ketgandi. 2021-yil yanvar oyida Ilon Mask ushbu ro‘yxatda karvonboshilik qilgan.