Alibaba fintex kompaniyasi asoschisi Jek Ma Xitoy hukumatining bosimi ostida o’zi asos solgan Hupan universiteti prezidenti lavozimidan ketmoqda. Bu haqda FT nashri xabar beradi.
Biznes-akademiya talabalari tadbirkorlik, menejment va korporativ madaniyat kabi ta’lim yo’nalishlari bo’yicha tahsil olishadi.
Universitet tashkil o’tilgandan ko’p vaqt o’tmay Xitoyning nufuzli ta’lim muassasasiga aylandi. Universitet bitiruvchilari orasida Didi taksi agregatori asoschisi Jan Lyu va “Waterdrop” onlayn sug’urta platformasi asoschisi Shen Pen mavjud.
Ayrim dars ma’ruzalarini Maning shaxsan o’zi olib borgan, shuningdek, Uber taksi xizmati asoschisi Trevis Kalanik va boshqa tadbirkorlar ham universitetda ma’ruza o’qishgan.
Xitoy hukumstining bosimi ostida talabalarni o’qishga qabul qilish jarayoni to’xtatilgan edi. Endilikda hukumat Jek Ma biznes akademiyasini kommunistik g’oyalarga qarshi tarmoq tuzishi mumkinligida ayblab uni o’z lavozimidan ozod etishni talab qilgan.
Ikkala tomon o’rtasidagi mojarolar 2020-yilning dekabr oyidagi Jek Maning bank sektorini tanqid qilganligi ortidan yuzaga kelgan edi. Shu kelishmovchilik Jek Maning aloqasi bo’lgan barcha loyihalar va kompaniyalar ustidan nazorat qilinishini ham kuchaytirdi.