Reuters agentligining xabar berishicha, Netflix video o’yinlar sanoati vakillari bilan ko’plab muzokaralar olib bormoqda. Ma’lumotlarga ko’ra, kompaniya o’zining yangi tarmog’i uchun rahbar qidirmoqda.
Netflixning qanday rejalari borligiga aniqlik kiritilmagan. Ayrim manbalarga xabaricha, kompaniya o’z foydalanuvchilariga Apple Arcade yoki Xbox Game Pass kabi obuna bo’lish tizimini taqdim etishi mumkin.
Ekspertlarning fikricha, video o’yin xizmatlari bozorida raqobat kuchaymoqda va Netflix kompyuter o’yinlari bozoriga kirishga qaror qildi. Bundan tashqari, pandemiya paytida kuzatilgan abonentlar sonida ham kamayish kuzatilmoqda.