AQSh sudi Xiaomini Xitoyning harbiy sohasiga aloqador kompaniyalar ro’yxatidan rasman chiqarib tashladi va AQSh fuqarolariga uning aksiyalari bilan ishlashga qo’yilgan barcha cheklovlarni bekor qildi, deya xabar beradi Reuters agentligi.
Kolumbiya okrugi sudi AQSh Mudofaa vazirligining kompaniyani ro’yxatga kiritish to’g’risidagi qarorini bekor qilish to’g’risida yakuniy qaror chiqardi. Kompaniya ma’lumotlariga ko’ra, qaror 25-may kuni qabul qilingan.
Xiaomi AQSh Mudofaa vazirligi qarorini sudda e’tiroz bildirgan birinchi kompaniya edi. Ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, boshqa kompaniyalar ham unga ergashib, sudga murojaat qilmoqchi.
O’zining sud da’vosida xitoylik texnika giganti Pentagonning qora ro’yxatini “konstitutsiyaga zid” deb ataydi va ro’yxatda bo’lish kompaniya biznesiga “muqarrar va tuzatib bo’lmaydigan zarar” keltirishini ta’kidlaydi. Xiaomi advokatlari, shuningdek, AQSh rasmiylari hali ham kompaniyaning XXR harbiy-sanoat kompleksi bilan hamkorlik qilishiga oid biron bir dalil keltirmaganligini ta’kidlagan edilar.