“Uzbekistan Airways” Toshkent — Tel-Aviv — Toshkent qatnovi bo’yicha aviareyslar qayta tiklanganini e’lon qildi.
Yo’nalishi bo’yicha dastlabki parvoz 2021-yil 24-may kuni amalga oshirildi.
Muntazam aviaqatnov haftada bir marta, dushanba kuni amalga oshiriladi. Toshkent — Tel-Aviv aviachiptasining narxi 4 276 000 so’mdan boshlanadi. Toshkent — Tel-Aviv — Toshkent yo’nalishi aviachiptasining narxi 5 738 000 so’mdan boshlanadi (narxlar aviakompaniyaning rasmiy saytidan 3% chegirmani hisobga olingan holda ko’rsatilgan).
Xorijiy fuqarolarga Isroilga kirish va tranzit maqsadida foydalanish taqiqlandi. Ushbu ro’yxat Isroil fuqarolari va rezidentlari, aholi va immigratsiya boshqarmasi tomonidan berilgan ruxsatnomaga ega yo’lovchilarni o’z ichiga olmaydi.
Bundan tashqari, 72 soatdan ko’proq vaqt davomida Isroildan tashqarida bo’lgan, ushbu davlatga kirgan yoki tranzit yo’lovchilar va ekipaj a’zolari 72 soat oldin COVID-19 uchun PCR-testini topshirishlari va birinchi nuqtadan chiqishdan oldin testning salbiy natijasini olishlari kerak.
Isroilga keladiganlar ushbu manzil orqali “Kirish hisoboti” shaklini Isroilga parvoz qilishdan oldin 24 soatdan kechiktirmasdan to’ldirishlari kerak va Isroil sog’liqni saqlash vazirligidan elektron ruxsat olishlari talab etiladi.
Bundan tashqari, yo’lovchilar COVID-19 xarajatlarini qoplash uchun tibbiy sug’urtaga (Isroil fuqarolari va rezidentlariga taalluqli emas) ega bo’lishlari kerak.