Biror bir mahsulot yoki xizmat haqida maʼlumot kerak boʻlganda, biz Yandex yoki Google-ga soʻrov yuboramiz. Qidiruv bizga geoservis yordamida javob berib, bizning joylashuvimizni tahlil qilinadi va bizga eng yaqin yerda joylashgan variantlarni tavsiya qiladi.
Odatda biz nima uchun biror bir kompaniya roʻyxatdan oʻrin olishi, unda eng birinchi koʻrsatilishi, nimaga ish vaqti koʻrsatilishi va bu maʼlumotlarning barchasi kim tomonidan taqdim etilishi haqida umuman oʻylamaymiz.
Bularning barchasi bilan geomarketing deb nomlangan alohida yoʻnalish shugʻullanadi. Geomarketing yordami bilan mahalliy auditoriyaga mahsulot yoki xizmat toʻgʻrisida xabardor qilish mumkin boʻladi.
Geomarketing qanday ishlaydi
Geomarketing bir vaqtning oʻzida SEO va SMM ga oʻxshaydi.
U, avvalo, qidiruv tizimlari bilan ishlaydi. Hamma narsa bir xil tartibga solingan: foydalanuvchi soʻrov yuboradi va tizim unga eng mos natijani koʻrsatadi. Geologik soʻrovlarning natijalari nafaqat Yandex.Maps yoki Google Maps-ning oʻzida, balki asosiy qidiruv natijalarida, eng yuqori qismida ham koʻrsatiladi.
Marketologlar savdolarning natijasiga geoservisdagi xaritani sozlash orqali taʼsir qiladilar. Bu SEO mutaxassislarining ishiga oʻxshab ketadi.
Taqrizlar (отзыв) esa mijozlarning kompaniya haqidagi fikrlariga taʼsir qiladi. Oʻzining obroʻsini oʻylaydigan kompaniya sharhlar bilan ishlashi, ularga javob berishi va mijozlarni tez-tez sharh qoldirishga undashi kerak. Aynan bu ham geomarketologning ishidir.
Geomarketing qaysi bizneslar uchun kerak
Bu bevosita xaridorlar kelib, savdo qiladigan ofis yoki doʻkonlar uchun kerak. Ushbu turdagi biznes mahalliy biznes deb ataladi. Bular qatoriga:
- gazeta va jurnallar sotiladigan matbuotdan — katta doʻkongacha;
- restoran, kafe, tamaddixonalar;
- dorixonalar va tibbiy markazlar;
- banklar, mikromoliya tashkilotlari, sugʻurta kompaniyalari;
- bolalar markazlari, klublar, kinoteatrlar;
- joyida xizmatlarni taqdim etadigan goʻzallik salonlari, avtoulovlarga xizmat koʻrsatish shoxobchalari va boshqalar kiradi.
Geomarketing ham kichik, ham oʻrta biznes uchun mos keladi. Biznesning eng boshida marketing vositalari, masalan: kontekstli va maqsadli reklama, SEO, SMM qimmatga tushishi mumkin va oʻzlari uchun sarflangan pulni oqlamasligi ham hech gap emas. Ammo geomarketing yordamida deyarli byudjetga ega boʻlmasdan turib ham ishni boshlasa boʻladi.
Bir necha filiallari boʻlgan yirik bizneslar uchun ham geomarketing qoʻl keladi va yangi mijozlarni jalb qilishga yordam beradi.
Aytaylik, Yunusobod tumani yaqinda “Y.Z” muzqaymoq doʻkoni ochildi. Kichik biznes egasi yoki sotuvchi shahar aholisini yangi korxona toʻgʻrisida xabardor qilishni xohlaydi. Shu bilan birga, shaharning boshqa qismida supermarketlar zanjirining yana bir doʻkoni ochildi: yirik korxonalar egalari oʻz mijozlarini yangi filial haqida maʼlumotga ega boʻlishlarini xohlashadi. Mana shu yerda aynan geomarketing ishga solinadi.
Bu kichik kafe uchun ham, xaridorlar ularni osonlikcha topadigan katta doʻkonlar tarmogʻi uchun ham muhimdir. Shu sababli, marketologlar geomarketing bilan shugʻullanadilar, bu esa mahalliy isteʼmolchilarga kompaniya haqida maʼlumot olishga va mahsulotni sotib olishga yordam beradi.
Asosiy xulosalar
- geomarketing bu sotuvchi va biznes egasi uchun qulay vosita boʻlib, uning yordamida biznes oʻzini mahalliy auditoriyaga namoyish qilishi mumkin
- geomarketing xizmat koʻrsatish yoki mahsulotni sotib olish uchun savdo nuqtasiga mijozlarni chaqiradigan mahalliy biznes uchun zarurdir.
Geomarketing uchta muhim biznes maqsadlarini hal qilishi mumkin, bular:
- kompaniyaning doimo potensial mijoz bilan yaqin boʻlishiga yordam beradi;
- potensial mijozlarga toʻgʻri va dolzarb maʼlumotlarni taqdim etadi;
- savdo nuqtalariga tashriflarni oshiradi.
Geomarketing aslida keng tarmoq boʻlib, u bilan professional shugʻullanish uchun maxsus taʼlim olish talab etiladi. Biroq bu taʼlim uzoq davom etmaydi. Asosiy mahorat amaliyotda shakllanadi.