Bunda hududiy uy-joy kommunal xizmat boshqarmasi tarif parametrlarini bandma-band asoslab, qiladigan ishlari va koʻrsatadigan xizmatlari boʻyicha rejalarini taqdimot qiladi. Bu haqda prezident raisligida oʻtkazilayotgan videoselektor yigʻilishida maʼlum qilindi.
Endi uy-joylarni saqlashning minimal xizmatlari va meʼyorlarini aholi bilan kelishgan holda mahalliy kengashlar tasdiqlaydi.
Ijtimoiy reyestrga kirgan ehtiyojmand oilalarga uy-joylarni saqlashda majburiy toʻlovlar uchun subsidiya ajratiladi.
Ma’lumot uchun, bugungi kunda respublika boʻyicha moddiy yordam oluvchilar roʻyxatidagi 150 mingta xonadon aholisining toʻlov qobiliyati past hisoblanadi.