1-iyundan boshlab internet tezligi “…gacha” koʻrsatkichisiz taqdim etiladi. Bu haqda “O‘zkomnazorat” operatorlar va provayderlarga tegishli koʻrsatmani yuborgan.

Regulyatorning reglamentiga koʻra, kompaniyalar tarif rejalari tavsifida internet tezligini aniq maʼlumotlar bilan koʻrsatishlari kerak.

“…gacha” bu oʻlcham emas va bunda tezlik noaniqligicha qoladi.

Mazkur oʻlchamini olib tashlash zarurati haqida 2018-yildayoq muhokama qilingan edi. Keyinchalik eʼlon qilingan tezlik haqiqiy tezlikka mos kelishi kerakligi taʼkidlangan, ammo amalda “…gacha” oʻlchami qolib ketavergan.