Avvalroq Spot, TikTok, Telegram va boshqalar serverlarni O‘zbekiston hududiga o’tkazishlari shartligi haqida xabar bergan edi.

Endilikda “O‘zkomnazorat” “Vkontakte”, “Twitter” va “WeChat” ijtimoiy tarmoqlarida O‘zbekiston fuqarolarining shaxsiga doir ma’lumotlarga qonun talablariga zid ravishda ishlov berilayotgani uchun “Mail.ru Group”, “Twitter Inc” va “Tencent-Inc” kompaniyalariga ko‘rsatmalar berildi.

“Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida"gi Qonunning mazkur moddalariga ko‘ra, tarmoqlar Pd.gov.uz axborot tizimi orqali serverlarni O’zbekistonga o’tkazishlari zarur.