AQSh oliy oʻquv yurtlaridan biri boʻlgan Stenford universiteti “Knight-Hennessy Scholars” dasturi orqali 2022−2023-oʻquv yili uchun magistratura va doktorantura darajalariga grant taqdim etadi. Bu haqda Telegramdagi “Grantlar va maslahatlar” kanali maʼlum qilgan.
Hujjat topshirish mumkin boʻlgan sohalar cheklanmagan boʻlib, biznes boshqaruvi (MBA), huquqshunoslik (JD) va tibbiyot (MD) yoʻnalishlari uchun ham grant beriladi.
Bakalavr yoki magistraturani 2015-yildan keyin tamomlaganlar, shuningdek, soʻnggi kursda oʻqiyotgan talabalar hujjat topshirishlari mumkin.
Xabarda aytilishicha, grant qoʻlga kiritgan talabalarning oʻqish puli toʻliq qoplanadi va oylik stipendiya, tibbiy sugʻurta bilan taʼminlanadi. Ariza topshirish 2021-yilning 6-oktyabriga qadar davom etadi.
Batafsil maʼlumotni ushbu havoladan olishingiz mumkin.