“Uzbekistan Airways” AJ tomonidan “Toshkent-Urganch-Aktau-Urganch-Toshkent” yoʻnalishida navbatdagi yangi reys ochildi.
29 -may kuni Oʻzbekistonning Qozogʻistondagi elchisi Saidikrom Niyozxoʻjayev, mamlakatimizning Aktaudagi Bosh konsulxonasi xodimlari, Aktau aeroporti direktori Selchuk Kiledji, shuningdek, Qozogʻiston aviatsiya organlari va OAV vakillari ishtirokida yangi reysning rasmiy ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Urganchga parvoz qilgan birinchi reys Oʻzbekiston va Qozogʻiston fuqarolaridan iborat 70 nafar yoʻlovchini olib ketdi.
Avvalroq Spot, Avstraliya aviakompaniyasining vaksina olgan oilalarga cheksiz bepul reyslar vaʼda qilayotgani haqida xabar bergan edi.