“Красная Весна” AA xabar berishicha, LG kompaniyasi 2021-yil 31-maydan boshlab smartfon va planshetlar ishlab chiqarishni rasman to‘xtatdi. Vetnamdagi yagona ixtisoslashtirilgan zavod endi maishiy texnika yig‘ish bilan shug‘ullanadi.

Kompaniya 2015-yildan beri mobil elektronikasi savdosining asosiy maydoniga aylangan. U yerda smartfonlardan tashqari kamera modullari, displeylar va yirik maishiy texnikalar ishlab chiqariladi.

2021-yil 1-iyundan boshlab zavodning asosiy ishi maishiy texnikalar bilan bog‘liq bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, LG kompaniyasi 2021-yil aprel oyida smartfonlar bozoridan chiqib ketishinie’lon qilgan edi. Chunki kompaniya tomonidan ishlab chiqarilayotgan qurilmalarga bo‘lgan talab keskin pasaygan.