Forbes Russia nashrining xabar berishicha, Brent neft kotirovkalari narxi barreli uchun $70 gacha ko’tarilgan. Ekspertlar Osiyo mintaqasida koronavirusning avj olishiga qaramasdan talab olishishini taxmin qilishmoqda. Shuningdek, bozorga Eron nefti ham qaytishi mumkin.
Bloomberg ta’kidlashicha, OPEK+ a’zolari neft bozorida mahsulot profitsitiga erishish ilojsiz degan xulosaga kelishgan. Mutaxassislar pandemiya pandemiya davrida qazib olingan neft bazasi allaqachon ishlatib bo’lingan. Yilning ikkinchi yarmida esa mahsulotni qazib olish sezilarli darajada kamayadi.
Bundagi yaxshi tomonlarni ekspertlar AQSH va Yevropa iqtisodiyoti qayta tiklanishiga, Osiyoda koronavirusning yangi to’lqini kuchayishiga qaramasdan neft ishlab chiqarish bir maromda ishlashiga va yadro kelishuviga erishilgan taqdirda Eron neftining bozorga chiqarilishiga umid bog’laganlar.
Texnik qo’mita tahlillari esa sentyabrdan dekabrgacha neftni qazib olish kuniga 2 mln barrelgacha kamayishini ko’zda tutadi.
“Hozir o’sib borayotgan talab Erondan kuniga yana 2 million barrelni qazib olish mumkinligiga ishonch bor”, — dedi Bloomberg agentligiga xorijdagi xitoylik bank iqtisodchisi Xou Li. “Qo'shma Shtatlardagi talab global iste’molning tiklanishiga turtki beradi”, dedi u.
UBS AG Wealth Management strategisti Ueyn Gordonning so’zlariga ko’ra, “bozor yaqqol qisqargan va OPEKning strategiyasi ish bermoqda”.
“Biz kelgusi yil boshida xom neft kamida $75 bo’lishini kutmoqdamiz”, dedi u Bloomberg telekanaliga.
FGE rahbari Fereydun Fesharakining fikricha, bozorning asosiy ko’rsatkichlari shu qadar kuchliki, agar uchinchi chorak o’rtalarida Erondan yetkazib berish hajmi oshmasa, neft narxi bir barreli uchun $80 ga ko’tarilishi mumkin.
Bugun, 1-iyun kuni OPEK+ kuzatuv qo’mitasining yig’ilishi bo’lib o’tadi, undan so’ng OPEK+ ga a’zo mamlakatlar vazirlarining uchrashuvi videokonferensiya orqali o’tkaziladi. Yig‘ilishda tashkilot mamlakatlari iyul oyi uchun ishlab chiqarishni rejalashtirgan hajmini tasdiqlashi kutilmoqda.