Dunyodagi go’sht mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yirik kompaniya “JBS” kiber hujum tufayli AQShdagi barcha ishlab chiqaruvchi kombinatlari faoliyatini to’xtatgani haqida xabar beradi, The Wall Street Journal nashri.Tahlilchilar mol go’shtiga bo’lgan narxning o’sishini taxmin qilmoqdalar. “Oq uy” ning fikricha hujum Rossiya xakerlari tomonidan amalga oshirilgan.
“Oq Uy” Rossiya hukumati bilan bu masalada to’g’ridan-to'g'ri muzokara olib bormoqda, mas’uliyatli davlatlar bunday hujumlarni yashirishi maqsadga muvofiq emas", deydi davlat vakili Karin Jan-Pier.
Kompaniya direktori Andre Nagoya hujum qilingan tarmoqlar va tizimlar qayta tiklanayotganligi va korxonalar 2-iyundan boshlab o’z faoliyatini qayta boshlashi haqida xabar berdi.
JBS xakerlar tomonidan foydalanuvchilar va yirik investorlar to’g’risidagi ma’lumotlar o’g’irlanmaganligi vazararlangan serverlandan foydalanishni to’xtatganligini aytib o’tdi. Shu bilan birga yuzaga kelgan vaziyat sabab yetkazib beruvchilarni muddat kechikishi haqida ogohlantirgan.
Hujum qilingach Kolorado, Ayova, Minnesota, Pensilvaniya, Texas va Nebraska shtatlaridagi kombinatlar ishdan to’xtagan. Meksika va Buyuk Britaniyadagi korxonalar esa bundan zarar ko’rmagan.
Ma’lumot uchun: AQShdagi mol go’shtining 4 dan bir qismini yetkazib beradi. Uning fabrikalarining ishlamay qolishi iste’mol narxlarining ko’tarilishini keltirib chiqarishi mumkin, bu esa talab katta bo’lgani sababli bu yil allaqachon ko’tarilgan edi, deydi tahlilchilar.
Avvalroq esa AQShdagi yoqilg’i quvurlari tarmog’iga kiber hujum qilingan edi. Natijada, mamlakat sharqida 17 000 ta yoqilgi shahobchalarida navbatlar yuzaga kelgan edi. Muammoni bartaraf etish uchun Colonial Pipeline kompaniyasi xakerlarga $5 mln tovon puli to’lagan.