Ishga kirish uchun Siz rezyume yuborgansiz-u lekin javob qoʻngʻirogʻi boʻlmagan, shundaymi? “Ehtimol, koʻrishmagandir yoki men ularga mos kelmaganman”, deb oʻylagandirsiz oʻshanda.
Haqiqatan ham sizning rezyumeyingiz toʻgʻri taassurot qoldirmagan boʻlishi mumkin. Ishga yollovchilar oʻnlab hatto yuzlab rezyumalarni koʻrib chiqadilar. Albatta, ular har bir hujjatni sinchkovlik bilan oʻrganishga vaqtlari yoʻq, shuning uchun dastlabki qarorni qabul qilish uchun oʻrtacha 6 soniyadan koʻproq vaqt ketadi.
Agar sizning rezyumeyingizda kamida bitta xato boʻlsa yoki u notoʻgʻri tuzilgan boʻlsa, sizning tajribangiz va koʻnikmalaringiz talablarga javob beradigan boʻlsa ham sizning nomzodingiz rad etiladi.
“Rezyume tayyorlashga toʻy taklifnomasi kabi jiddiy qarang”, — Resume Writer’s Ink asoschisi Tina Nikolay.
Bir xil rezyumeni hammaga yuborish yoki yoʻq qobiliyatlarni qoʻshish ishonchsizlik kelib chiqishi mumkin. Xoʻsh, unda qay usulda rezyume tayyorlash kerak? Bu borada Spot ayrim “lifehack” haqida ma’lum qiladi.
1
Aloqador boʻlmagan ish tajribasi
Albatta, koʻpchiligimiz universitetda oʻqiyotganimizda kafe va oshxonalarda xizmat qilishimizga toʻgʻri kelgan. Ammo agar siz ushbu sohada ishlashni davom ettirishga intilmasangiz, bunday maʼlumotlarni koʻrsatmasligingiz kerak. Siz qaysidir jiddiyroq sohaga kirmoqchi boʻlsangiz, talabalik davridagi kichik ishlarni rezyumega qoʻshib oʻtirmang.
2
Shaxsiy maʼlumotlar
Oʻta shaxsiy maʼlumotlar — oilaviy ahvolingiz, vijdon erkinligi yoki ijtimoiy xavfsizlik masalalarini rezyumega kiritmang. Bu ilgari qabul qilingan boʻlishiga qaramay hozirgi vaqtda ish beruvchi ushbu maʼlumotni sizdan talab qila olmaydi, shuning uchun uni rezyumeyingizga qoʻshishning hojati yoʻq.
3
Hobbi
Koʻpgina hollarda ish beruvchi boʻsh vaqtingizda nima qilishingizga ahamiyat bermaydi. Chunki bu narsalar ishga taalluqli emas, demak siz buni oʻqiydigan kompaniya vakilining vaqtini behuda sarf qilasiz.
4
Yosh
“Sizni yoshingiz boʻyicha qaytarishlarini istamasangiz, rezyumeyingizdan kollejni tugatgan kunni oʻchirib tashlang”, — deb maslahat beradi mutaxassis Ketrin Juel.
5
Oʻrtadagi odam
Agar ish beruvchi sizni tavsiya qilganlar bilan gaplashmoqchi boʻlsa, u albatta aloqa maʼlumotlarini soʻraydi. Bundan tashqari shu yoʻl bilan siz oʻsha odamga qoʻngʻiroq haqida oldindan xabar berishingiz mumkin. Biznes-trener Eli Amdurning soʻzlariga koʻra, ular siz haqingizda berilgan tavsiyalar ish beruvchiga hech qanday qimmatli ahamiyat kasb etmaydi. Ish beruvchi birinchi galda shaxsiy xulosalari bilan ish tutadi. Shuning uchun oʻrtadagi odamdan sizni maqtab berishlarini soʻramasangiz ham boʻladi.
6
Olmoshlar
Rezyumeyingizda “men”, “mening” kabi olmoshlar iloji boricha kamroq boʻlishi kerak. Oʻzingiz haqingizda birinchi yoki uchinchi shaxsda gapirmang. Aniqki, rezyumedagi barcha maʼlumotlar sizga va sizning ish tajribangizga tegishli.
7
Maosh
“Talent” hayvonot bogʻining rahbari Emi Xover ish haqini rezyumega qoʻshmaslik kerak, deb hisoblaydi. Uning fikricha, ushbu hujjat kasbiy mahorat va tajribani namoyish etishga qaratilgan. Ish haqi keyinroq muhokama qilinishi mumkin.
8
Eskirgan shriftlar
“Times New Roman yoki shunga oʻxsash boshqa shriftlaridan foydalanmang. Bular allaqachon eskirgan”, — deb maslahat beradi mutaxassi Guver. Standart shriftlariga eʼtibor bering — masalan, Arial. Eng avvalo, mos oʻlchamdagi shriftdan foydalanish kerak. Rezyume ravon va oʻqilishi oson boʻlishi lozim.
9
Baland parvoz soʻzlar
Ish beruvchilardan “Rezyumeni oʻqimasligingizni eng keng tarqalgan sababi nima?” deb soʻraganlarida, ular: “Baland parvoz soʻzlarning koʻpligi”, — deya javob berishgan ekan. Yaʼni, ishga yollovchilarni “yutuq”, “menejment” va “qaror” kabi soʻzlar jalb qiladi, ammo ular ham kam ishlatilishi kerak.
10
Rasm
Rasm tanlashda ham kreativroq boʻling. Vakansiya berayotgan tashkilotga qarab rasm tanlang. Agar siz marketing, reklama, TV kabi sohalarda ishlamoqchi boʻlsangiz, u qadar jiddiy rasmlarni joylashtirishingiz shart emas. Biroz tabassum va kreativ yondashuvli rasmlar bu borada sizga qoʻl keladi.
Agar davlat idoralariga ishga kirmoqchi boʻlsangiz, rasmni ham jiddiyrogʻidan joylashtiring.
Rezyume — ish beruvchilar uchun birinchi taassurot hisoblanadi. Shuning uchun uni halol, sifatli va bexato toʻldirish suhbatdan oldingi sizga boʻladigan munosabatni belgilab beradi.