Orol bo‘yi hududini rivojlantirish uchun 300 million dollar jalb etiladi.

Bugun Nukusda O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi hamda bir qator davlat tashkilotlari ishtirokida Orolbo‘yi mavzusiga bag‘ishlangan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Prezidentning 2017-yil 19-sentyabrdagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasidagi nutqida ilgari surilgan tashabbus asosida:

  • Orol bo‘yi hududini rivojalantirish maqsadida Trast jamg‘armasi tashkil etilgan edi;
    hozirgacha ushbu jamg‘armaga 13,8 million dollar jalb etilgan bo‘lsa, yaqin ikki yilda yana 300 million dollar jalb etiladi.
  • Ushbu mablag‘lar hududda ichimlik suvi, aholi salomatligi va bandligini ta’minlash, ekologiya, irrigatsiya-melioratsiya tizimlarini yaxshilash loyihalariga yo‘naltiriladi.

Shuningdek, Orol dengizining qurigan tubida 1 mln. 600 ming gektardan ortiq maydonlarda cho‘l o‘simliklari ekilib, yashil qoplamalar barpo etilmoqda.