Fargʼona viloyati hokimi va Xitoyning “Liaoning Lide” kompaniyasi delegatsiyasi uchrashuvibo’lib o’tdi.
Muloqot chogʼida Xitoy kompaniyasi tomonidan viloyat hududida loyiha tahminiy qiymati $700 mlnga yetadigan, quvvati 1200 MVtgacha boʼlgan yirik quyosh elektr stansiyasini barpo etish loyihasi muhokama qilindi.
Muzokaralar so’ngida Energetika vazirligi, viloyat hokimligi hamda “Liaoning Lide” kompaniyasi oʼrtasida memorandum imzolanishi koʼzda tutilgan.
Xitoylik mehmonlar Fargʼona vodiysidagi qayta tiklanadigan energetikaning birinchi loyihasi uchun bank kreditlari emas, toʼgʼridan toʼgʼri investitsiyalar jalb etish rejalashtirilganini maʼlum qilib, ishlab chiqarilgan elektr energiyasini 25 yil muddatda sotib olishi uchun “Oʼzbekiston milliy elektr tarmoqlari"ga eng maqbul tariflarni taqdim etishga tayyor ekanliklarini bildirdi.