Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning dastlabki 4 oyida Oʻzbekiston 8 ta xorijiy davlatga qiymati $3,6 millionga teng boʻlgan konditsioner eksport qilgan.
Ushbu davr mobaynida Oʻzbekiston eksport qilgan asosiy davlatlar:
- Ozarbayjon — $2,4 million
- Rossiya — $315,9 ming
- Turkmaniston — $304,4 ming
- Tojikiston — $223,8 ming
- Qozogʻiston — $159,9 ming
- Qirgʻiz Respublikasi — $59,6 ming
- Moldova — $38,8 ming
- Yaman — $18,3 ming
Shuningdek, konditsioner eksport qilgan asosiy hududlar quyidagilar:
- Toshkent shahri — $2,7 million
- Toshkent viloyati — $796,4 ming
- Andijon viloyati — $0,9 ming
Maʼlumot uchun, konditsioner eksporti oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda $2,5 millionga oshgan.