Hukumat qarori bilan (352-son, 04.06.2021 y.) O‘zbekiston Respublikasi hududiga import qilishda bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladigan, o‘xshashi respublikada ishlab chiqarilmaydigan texnologik asbob-uskunalar ro’yxati tasdiqlandi.
Qarorga ko‘ra, import bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash bo‘yicha imtiyozlar ushbu ro‘yxatga maxsus (TIF TN) kodlari kiritilgan yangi texnologik uskunalarga qo‘llaniladi.
Yangi texnologik uskunalar — “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida ishlab chiqarilganiga 3 yildan ko‘p bo‘lmagan texnologik uskunalar hisoblanadi.
Ro‘yxatga 676 turdagi texnologik asbob-uskunalar, jumladan:
● sutga ishlov berish va uni ishlash uskunalari;
● non mahsulotlari, makaron, spagetti yoki shunga o‘xshash mahsulotlarni ishlab chiqarish uskunalari;
● qandolat sanoati, kakao kukuni yoki shokolad ishlab chiqarish uchun uskunalar;
● go‘sht yoki parrandani qayta ishlash uchun uskunalar;
● kalava bo‘yash mashinalari;
● avtomatik tikuv mashinalari;
● 50 kishidan ortiq, lekin 300 kishidan ko‘p bo‘lmagan yo‘lovchi o‘rindiqlariga ega bo‘lgan fuqaro yo‘lovchi samolyotlari kiritildi.
7 iyun 2021, 14:37
Iqtisodiyot
676 turdagi texnologik qurilmalar bojxona boji va QQS dan ozod etiladi
Ro’yxatda sut, non, qandolat, go’sht qayta ishlaydigan uskunalar, 300 kishigacha bo’lgan yo’lovchi samolyotlar mavjud.

Foto: iStock
«Spot»
- 769
- Izoh
- Tavsiya qilish
So‘nggi yangiliklar
Kecha, 20:26 Iqtisodiyot
O‘zbekiston uch oyda avtomobil importini 3,26 barobarga, gibridlarni esa 24 barobarga qisqartirdi
Mart oyida $39,31 mlnlik 2 506 ta avtomobil olib kelingan. Import qilingan elektromobillarning o‘rtacha narxi 2 barobarga arzonlashdi.
Kecha, 19:02 Biznes
Savdo-sanoat palatasi o‘zbekistonlik tadbirkorlarni Afg‘oniston bozoriga kirishga chaqirmoqda
May oyidan mamlakat hududida palataning 4 nafar vakili o‘z faoliyatini boshlashi rejalashtirilmoqda. Palata raisi Davron Vahobov farmatsevtika sohasi yaxshi natija berganini ta’kidladi.
Kecha, 17:24 Biznes
Uzbekistan Airways navbatdagi LET L-410 havo kemasini qabul qildi
Natijada ichki qatnovlarda foydalaniladigan Silk Avia flotidagi mazkur samolyotlar soni to‘rttaga yetdi.
Kecha, 17:00 Biznes
Sherin keysi: soxta kolbasa mahsulotlariga qarshi qanday kurashilmoqda?
Sherin kompaniyasining rivojlantirish bo‘yicha direktori Oybek Sobirov Spot’ga mahalliy kolbasa bozorining tuzilishi, mahsulotlarni qalbakilashtirishning eng keng tarqalgan usullari va kompaniyaning kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashish choralari haqida so‘zlab berdi.
Kecha, 16:02 Moliya
Dollar kursi yana ko‘tarildi
Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi 19 so‘m 18 tiyinga oshib, 12 966,38 so‘mni tashkil etdi.
Kecha, 16:00 Iqtisodiyot
O‘zbekistonda yangi hosil piyozi narxlari rekord darajaga yetdi
Qayd etilishicha, narxlarning yuqori bo‘lishining asosiy sababi ertaki kuzgi piyoz ekin maydonlarining sezilarli darajada qisqargani hisoblanadi.
Kecha, 15:46 Iqtisodiyot
Mart oyida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari rekord daraja — qariyb $48 mlrdga yetdi
O‘z navbatida, oltin qiymati ham rekord ko‘rsatkichini yangilab, $36,88 mlrdni tashkil etdi. Valyuta zaxiralari esa $10,41 mlrddan oshdi.
Kecha, 14:59 Energetika
“Tez orada bizda ortiqcha „yashil“ energiya bo‘ladi” — Energetika vaziri o‘rinbosari Yevropaga elektr energiyasi eksporti haqida
Yevropa mamlakatlariga yashil energiya koridorini yaratish muammoni imkoniyatga aylantirish imkonini beradi, dedi Umid Mamadaminov.