Joriy yil 8-iyun kuni soat 15:00da Davaktiv agentligida quyidagi davlat aktivlari

  1. “Poytaxt biznes majmuasi” MCHJ mulkiy majmuasi
  2. “Ichan qal’a” mehmonxona majmuasi
  3. “Qizil suv sport sog‘lomlashtirish” MCHJ
  4. “Malika” savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasi
  5. “Gazetalar ishlab chiqarish majmuasi binosi”
  6. “Markaziy bino” hududini

sotib olish bo‘yicha savdo jarayonlarining ikkinchi bosqichiga o‘tgan talabgorlarning tijorat takliflari paketi ochiladi.

Ushbu jarayonga Davlat tender komissiyasi a’zolari, talabgorlar va ommaviy axborot vositalari vakillari taklif etiladi.

Pandemiya sharoitidan kelib chiqib, shaxsan qatnasha olmaydigan talabgorlar uchun videokonferens aloqa vositasi orqali ishtirok etish imkoniyati yaratiladi (https://us02web.zoom.us/j/82914259153 kirish kodi: 460812).

Shundan so‘ng, Ishchi organ tomonidan 10 ish kuni mobaynida davlat aktivini sotib olishga talabgorning narx taklifi, to‘lovlarni amalga oshirishning muddatlari va to‘lov qobiliyatining yetarliligi o‘rganiladi hamda natijasi bo‘yicha hisobot tayyorlanib, Davlat tender komissiyasiga ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish uchun taqdim etiladi.

Davlat tender komissiyasining savdoning ikkinchi bosqichi yakunlari bo‘yicha qarori Davaktiv agentligining rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlari orqali e’lon qilinadi.