Samarqand YeTTBning €3 mlrdlik Yashil shaharlar flagman dasturiga qo’shildi. Bu haqda Spot’ga tashkilot Matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu qadam 2050-yilga kelib O’zbekistonda uglerod neytralligini ta’minlashga yordam beradi.
YeTTB birinchi vitse-prezidenti Yurgen Rigterink tashrifi chog’ida o’zaro anglashuv memorandumi imzolanishi bilan Samarqand dasturning 48-ishtirokchisiga aylangani tasdiqlandi.
Samarqand misolida bu elektr avtobuslariga sarmoya kiritilishi hamda shaharni “ko'kalamzorlashtirish” bo’yicha harakat rejasini ishlab chiqishi kutilmoqda.
Bugungi kunga qadar YeTTB 97 ta loyiha doirasida O’zbekiston iqtisodiyotiga €2.4 mlrddan ortiq mablag‘ kiritgan.
Avvalroq Spot, YeTTBning Urganch shahrida mintaqaviy vakolatxonasi ochilishi haqida xabar bergan edi.