Amazon va Blue Origin kosmik kompaniyasi bosh direktori Jeff Bezos iyul oyida kosmosga uchmoqchi. Bu haqda Instagram sahifasida maʼlum qildi.
“Besh yoshimdan buyon kosmosga uchishni orzu qilaman. 20-iyul kuni bu amalga oshadi. Eng zoʻr sarguzashtga eng yaqin doʻstim bilan chiqaman”, — dedi Bezos.
Blue Origin kompaniyasi Bezos va Markning “New Shepard” kosmik kemasida parvoz qilishini tasdiqladi. Xabarda aytilishicha, dastlab sayohat uchun chipta auksionga qoʻyilgan. Unda 143 mamlakatdan 6000 dan ortiq kishi ishtirok etgan, eng katta taklif qilingan mablagʻ $2,8 millionni tashkil etgan.
Reuters manbalarining xabar berishicha, 2018-yilda “New Shepard"da parvoz qilish $200 mingdan $300 minggacha turgan. 2021-yilning boshida Blue Origin kompaniyasining muvaffaqiyatli sinovlaridan soʻng sayohat xavfsizligi yana-da taʼminlangan.
Maʼlumot uchun, “New Shepard” kemasi kosmik sayyohlarning 100 km dan yuqori balandlikdagi suborbital parvozlari uchun moʻljallangan. Blue Origin kemasi bir necha daqiqani nol tortishish kuchida oʻtkazadi, soʻngra yerga qaytadi.