Oʻzbekiston bosh vaziri oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umrzoqov Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin bilan uchrashdi.

Uchrashuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar hamkorlikning hozirgi holati va uni chuqurlashtirishning istiqbollari koʻrib chiqildi.

Ikki davlatning Toshkent, Samarqand, Termiz, Dushanbe, Xoʻjand, Penjikent va boshqa yirik shaharlari oʻrtasida avtobus qatnovini qayta tiklash istiqbollari muhokama qilindi. “Ipak yoʻli” sayyohlik brendini ilgari surish va ziyorat turizmini rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish boʻyicha birgalikda ish olib borish toʻgʻrisida kelishuvga erishildi.