Spot 2021-yil iyun oyida O’zbekistondagi barcha tijorat banklarining xorijiy valyutadagi omonatlarini o’rganib chiqdi va eng daromadli banklarni tanladi.

Bugungi kunda to’rtta bank — Infin bank, “Trastbank”, “Davrbank” va Ziraat Bank O’zbekistan eng yuqori 5%lik stavkani taklif etmoqda.

Depozitni ochish uchun 100 $dan 500 $gacha mablag’ga ega bo’lish kerak. Ba’zi banklar dastlabki to’lovga hech qanday cheklovlar qo’ymayapti. Ziraatbankda minimal omonatlar miqdori 3 000 $ni tashkil etadi. Eng daromadli depozitlarning o’rtacha muddati 1−2 yil.

Mijoz depozitni muddatidan oldin yopsa, foizlar to’lanmaydi. Biroq, ayrim banklarda, omonat ochilgandan boshlab ma’lum muddat o’tgan bo’lsa foizlar pastroq darajada qayta hisoblab chiqiladi.

Spot shartlar tez-tez o’zgarib turayotganligi bois ma’lumotni aniqlashtirish yuzasidan bankka murojaat qilishni maslahat beradi.

Asia alliance bank

Stavka 3,5% ni tashkil etadi. Depozit 25 oyga beriladi. Dastlabki minimal depozit 100 $ ni tashkil etadi, qo’shimcha depozitlar ko’zda tutilgan.Foizlar har chorakda va omonat muddati tugaganda AQSH dollarida to`lanadi.

“Ziraat Bank Uzbekistan”

Foiz stavkasi —5,25%. 36 oylik omonat qo’yish uchun kamida 3000 $ ga ega bo’lish kerak. Qo’shimcha depozitlar dastlabki 24 oy ichida qabul qilinadi. Omonat foizlari kapitalizatsiya qilinmaydi.

“Orient Finans Bank”

Stavka 4% ni tashkil etadi. Depozit 500 kunga beriladi. Dastlabki minimal depozit 5000 $ ni tashkil etadi, ammo qo’shimcha mablag’lar qabul qilinmaydi. Omonat summasini muddatidan oldin olib qo’ygan taqdirda, omonat bo’yicha foizlar to’lanmaydi, ilgari to’langan foizlar omonatning asosiy miqdoridan ushlab qolinadi.

“Infinbank”

Foiz stavkasi- 5%. Omonat muddati — 18 oy bo’lib, boshlang‘ich badali — 500 $ nitashkil etadi. Qo’shimcha badallar faqat dastlabki 12 oy davomida qabul qilinadi. Omonat belgilangan muddatdan oldin yopilganda foizlar quyidagi tartibda to‘lanadi: 1 oydan 3 oygacha — 3,5%; 4 oydan 12 oygacha — 4,0%; 13 oydan boshlab omonat muddati tugagunga qadar hisoblangan foizlar to‘liq tartibda to‘lanadi. Qisman yechib olish mumkin emas.

“Agrobank”

Foiz stavkasi — 4%, muddati — 13 oy. Boshlang’ich to’lovning eng kam miqdori 100 $ ni tashkil etadi.Omonat muddati tugagandan keyin talab qilib olinmagan yoki boshqa omonat turiga qayta rasmiylashtirilmagan taqdirda omonatga “talab qilib olinguncha” omonat turi stavkasi bo‘yicha foizlar to‘lanadi. Omonat hisobraqam ochish uchun Agrobank Visa plastik kartasi talab qilinadi.

“Agrobank Mobile” mobil ilovasi yordamida jalb qilingan omonatlarga hisoblangan foizlar avtomatik ravishda plastik kartaga o‘tkaziladi. Omonatga naqd pulda, muddati tugagan omonatlarni qayta rasmiylashtirish va “AgrobankMobile” mobil ilovasi yordamida VISA (AQSh dollari) plastik kartadagi qoldiq mablag‘ hisobidan jalb etiladi.

“Kapitalbank”

Foiz stavkasi 4%ni tashkil etadi. Omonat muddati 24 oy. Shartnomani 12 oygacha muddatidan oldin bekor qilinganda — dastlabki belgilangan stavkaning 50% miqdorida qayta hisob-kitob qilinadi, 12 oydan keyin — foiz stavkasi o’zgarishsiz qoladi; foizlarni kapitallashtirish ko’zda tutilmagan; foizlar har oyda to’lanadi.

“Trastbank”

Foiz stavkasi — 5%. Muddati — 24 oy. Ro’yxatga olish uchun kamida 100 $ talab qilinadi. Omonatga qo’yiladigan mablag' faqat naqd AQSh valyutasida qabul qilinadi. Kapitalizatsiya dastlabki 12 oyda qabul qilinadi. Qisman yechib olish ko’zda tutilmagan.

“Turonbank”

Omonatga pul mablag‘lar Turonbankda ochilgan xorijiy valyutadagi Mastercard xalqaro to‘lov kartochkalaridan 3 yil muddatga yillik 4% xaq to‘lash sharti bilan qabul qilinadi. Omonat bo‘yicha boshlang‘ich badal miqdori 100 AQSh dollarini tashkil etadi. Omonatga 100 AQSh dollaridan kam bo‘lmagan miqdorda qo‘shimcha badal kiritildi. Hisoblangan foizlar kapitalizasiya qilinmaydi.

“Hamkorbank”

Foiz stavkasi — 4%, muddati — 24 oy. Eng kam badal 100 $ miqdorida bo’lishi kerak, bank qo’shimcha mablag' qabul qilmaydi. Omonat hisobvarag’i muddatidan 6 oydan oldin talab qilinsa, omonat foizi to’lanmaydi. Agar omonat muddati tugaganidan so’ng mijoz omonat mablag’larini talab qilmasa, u holda shartnoma muddati uzaytirilgan deb hisoblanadi va mablag’lar qoldig’iga yillik 0.1% miqdorida ustama to’lanadi.

“O'zsanoatqurilishbank”

Foiz stavkasi — 4%, muddati — 6 oy. Minimal badal summasi — 500 $. Omonatning saqlash muddati oralig’ida qo’shimcha mablag' qabul qilinmaydi. Omonatga mablag’lar bank filiallarida va bank xizmatlari ofislarida qabul qilinadi. Omonatga foizlar har kuni hisoblanadi va to’liq oy saqlangan so’ng to’lab beriladi

“Davrbank”

Foiz stavkasi — 5%, muddati — 13 oy. Minimal badal summasi — 500 $.Foizlar har chorakda to’lab beriladi.

Eslatma: Keltirilgan ma’lumotlar banklarda mavjud bo’lgan va eng yuqori foiz stavkasida ko’rsatilgan tariflar asosida tayyorlangan. Qo’shimcha ma’lumotlar va foizlar bo’yicha Spot bankning rasmiy saytidan ma’lumotlar olishni tavsiya etadi.