10-iyun sanasi ma’lumotlariga ko’ra, oxirgi bir sutka davomida Bitkoin 7 foizdan yuqoriroq o’sishni qayd etgan. CoinMarketCap birjasida hozirda uning narxi $36,678 nitashkil etadi.
Bitkoinning o’sishi 9-iyun kuni boshlandi. Narxlarning ko’tarilishi Salvador Qonunchilik Assambleyasi tomonidan kriptovalyutani mamlakatda AQSh dollari bilan birga rasmiy to’lov vositasi sifatida tan olinishi to’g’risidagi qonunni ma’qullaganidan so’ng boshlandi.
Ma’lumot uchun, mamlakat prezidenti Bukele bitkoinni rasmiy toʻlov vositasi sifatida tan olish mamlakatning chet elda ishlayotgan fuqarolari uchun uylariga pul oʻtkazmalarini osonlashtirishi mumkinligi haqida aytgan edi. Ushbu mablagʻlar Salvador YaIMining taxminan 20% ini tashkil qiladi.
1,5 oy muqaddam bitkoin narxi $64 000 edi. Uning bu darajadagi pasayishiga Xitoy va AQSH hukumati tomonidan kriptoaktivlar bilan operatsiyalar amalga oshirishdagi taqiqlar sabab bo’ldi.