Joriy yilning 1-iyun kuni dunyodagi go’sht mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yirik kompaniya “JBS” kiber hujum tufayli AQShdagi barcha ishlab chiqaruvchi kombinatlari faoliyatini to’xtatgani haqida xabar berilgan edi.
The Wall Street Journal nashrining yozishicha, kompaniya JBS kiber jinoyatchilarga $11 mln miqdorida tovon puli to’lashgan. To’lovlar bitkoinda amalga oshirilgan.
Ta’kidlanishicha, kompaniya bunday qaror qabul qilishiga sabab- tarmoqdagi uzilishlar uning serik restoranlari va fermerlar uchun jiddiy muammolar keltirib chiqarishi mumkin.
JBS vakillari, kiber hujum va tovon talab qilingan xabarni olganlaridan so’ng darhol Federal qidiruv byurosiga murojaat qilishgan. Shuningdek, firma firibgarlar bilan aloqa o’rnatish uchun kiberxavfsizlik bo’yicha mutaxassislar va muzokarachilarni yollagan. Aksariyat tizimlar tiklangandan keyin kompaniya to’lovni to’ladi.
“Jinoyatchilarga pul to’lash juda achinarli edi, ammo biz mijozlarimiz manfaati uchun qo’limizdan kelganini qildik”, — deydi kompaniya vakili.
Ma’lum bo’lishicha, hujum uyushtirilgan dastur turi haligacha aniqlanmagan. Kompaniyaga qilingan hujum, kiberjinoyatchilik turkumidagi eng yiriklaridan biri bo’ldi. Agar jinoyatchilar oldin shaxsiy korxonalar ustidan nazoratni qo’lga olgan bo’lsalar endilikda bu davlat sektoriga tahdid soladi.
Federal qidiruv byurosi tovlamachilarga to’lanadigan har qanday to’lovlarga qoralaydi, chunki bu bunday jinoyatlarning ko’payishiga yordam beradi. Oq uy rasmiylari hattoki kompaniyalarga to’lovlarni to’lashni taqiqlovchi qonun loyihalarini ishlab chiqishmoqda.