Facebook o’zining aqlli soatlarini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Qurilmada 2 ta kamera bo’ladi — biri videoqo’ng’iroqlar uchun, ikkinchisi esa fotosuratlar va videolar uchun.

Facebookning ushbu soatlari LTE tarmog’i doirasida bo’ladi va ularni smartfonga doimiy ulangan holatda ishlatish mumkin.

Ma’lumotlarga qaraganda, qurilma 2022-yilning yozida chiqarilishi ko’zda tutilgan. Narxi esa $400 atrofida bo’ladi.

Asosiy kamerani soat korpusidan olib tashlash va avtonom foydalanish mumkin. Soat shuningdek fitness-treker funksiyalari, tezkor xabarchi va dasturlarning kichikversiyasini o’zida aks ettirgan bo’ladi.