Markaziy bank inflyatsiya darajasi ortishining asosiy xatarlarini keltirdi.
Regulyator xabar berishicha, oxirgi oylarda olib borilgan kuzatuvlar inflyatsiya nisbatan yuqori bo’layotganini ko’rsatgan.
Shuningek, iqtisodiyotni kreditlash o’sib borishi bilan YAIM nominal hajmi ham muvofiq tarzda o’sishini ta’minlash, pul bozoridagi (2−3%) real foiz stavkalari darajasining ijobiyligini saqlab qolishni taqozo etadi.
- Xususiy sektorga imtiyozlar berilishi ortishi, iste’mol va investitsion talab hajmi o‘sish sur’atlariga nisbatan yalpi taklif o‘zgarishining nomutanosib bo‘lishi ma’lum bir inflyatsion bosimlarni keltirib chiqarishi mumkin.
- Jahon bozorlaridagi asosiy oziq-ovqat mahsulotlari dinamikasi, mevalar taklifi, avtomobil yonilg‘isi va qurilish mollari bozorlaridagi tendensiyalar bilan bog‘liq bo‘ladi.
- O‘zgaruvchan ob-havo sharoitlari (dala va yaylovlarda suv resurslarining kamligi) chorva ozuqasi narxlariga va takroriy sabzavot ekinlarini ekish jarayoniga ta’sir ko‘rsatib, go‘sht mahsulotlari va sabzavotlar narxlariga oshiruvchi bosim ko‘rsatishi mumkin.
O‘z o‘rnida, jahon bozorlarida asosiy oziq-ovqat mahsulotlar (qungaboqar yog‘i, shakar va boshqalar) joriy yilning oktyabr-noyabr oylari uchun fyuchers shartnomalari narxlari joriy holatdagi narxlardan birmuncha pasayotganligi kuzatilmoqda.
Yuqoridagi omillar ta’sirini minimallashtirishda, birinchi navbatda, iste’mol bozorlarida raqobatni rag‘batlantirish, bozorlar va savdo tarmoqlari ko‘lamini kengaytirish, asosiy oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hamda yetishtirish imkoniyatlarining oshirilishi va ushbu mahsulotlarni yetishtirish uchun zaruriy yer maydonlarini hamda suv resurslari ajratilishi o‘zining ijobiy samarasini beradi.