2021-yil 4-iyundan 30-iyunga qadar Olmaotadan Samarqandga arzonlashtirilgan narxlardagi ekonom va biznes klass uchun reklama tariflari amal qiladi.
Olmaota — Samarqand biznes klassiga aviachipta narxi — 1 604 171 soʻm, ekonom klass — 654 225 soʻm. Olmaota-Samarqand-Olmaota yo‘nalishidagi biznes klass aviachiptasi narxi — 3 242 488 soʻmni, ekonom klass esa 1 448 145 soʻmni tashkil etadi.
Shuningdek, reklama tariflari bagaj tashish me’yorini ko‘zda tutadi, ya’ni — ekonom klass uchun — 23 kg dan ortiq boʻlmagan 1ta joy, biznes klass uchun esa og‘irligi 32 kg dan ortiq boʻlmagan 1ta oʻrindiq joyi. Reklama tariflari doirasida chiptalarini boshqa turdagi tariflar bilan kombinatsiya qilish ta’qiqlanadi. Koʻrsatilgan tariflar doirasida bolalar uchun chegirmalar qoʻllanilmaydi.
Yuqorida koʻrsatilgan tariflar boʻyicha sotilgan aviachiptalarni qaytarish imkoniyati mavjud emas.
Aviachiptani qayta rasmiylashtirish esa faqat biznes klass tariflari uchun taqdim etiladi. Ekonom klass tarifiga koʻra, aviachiptani qayta rasmiylashtirish mumkin emas.
Samarqand — Olmaota — Samarqand yo‘nalishida “Uzbekistan Airways” va “Air Astana” aviakompaniyalarining har biri tomonidan haftasiga 2 marotabadan qatnov amalga oshiriladi. Yo’nalishlar may oyining oxirida yo’lga qo’yilgan edi.