Markaziy bank hududlardagi banklarda mijozlarga xizmat ko’rsatish, ayniqsa plastik kartalari mavjud fuqarolar bilan yuzaga kelayotgan muammolarni o’rgandi. O’rganishlar natijasida MB bank 13 ta bankka nisbatan jarima sanksiyalarini qo’lladi. Bunga sabab — bank kartalari orqali to’lovlarni rad etish va terminallar yo’qligi, plastik kartalardan naqd pul yechib olish imkoniyati cheklanayotganligi.
Savdogarbank bank ro’yxat tarkibiga kirgan. Asaka bank va Trast bank, Davrbank fevral oyidagi ogohlantirishlardan so’ng ro’yxatda mavjud emas.
Quyida banklar ro’yxati:
- Agrobank
- Xalq banki
- Mikrokreditbank
- Milliy bank
- O‘zsanoatqurilishbank
- Ipoteka-bank
- Hamkorbank
- Qishloq qurilish bank
- Aloqabank
- Turonbank
- Savdogarbank
- Ipak yo‘li banki
- Infinbank.
Agar banklarda va uning filiallarida bankmkartalari orqali operatsiyalar oshirish rad etilayotgan va turli bahonalar vaj qilib ko’rsatilayotgan bo’lsa Markaziy bank bankka va uning boshqaruvchi xodimlariga nisbatan tegishli jazo belgilashi aytib o’tilgan.
Avvalroq Spot, bu turdagi sanksiyalar fevral oyida qaysi banklarga qo’llanilgani haqida xabar bergan edi.