Hukumat qarori (362-son, 10.06.2021 y.) bilan Sholi ekish uchun sotib olingan zamonaviy urug‘ seyalkalari va ko‘chatlab ekish uskunalari qiymatining bir qismini qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizom tasdiqlandi.
Nizom 2021-yil 31-dekabrga qadar sholi yetishtirish uchun zamonaviy urug‘ seyalkalari hamda ko‘chatlab ekish uskunalarini sotib olgan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga sotib olingan urug‘ seyalkalari va ko‘chatlab ekish uskunalari qiymatining 20 foizgacha qismini qoplab berish tartibini belgilaydi.
Shunga ko‘ra, subsidiyalar faqat talabgor tomonidan sotib olingan kunda ishlab chiqarilganiga bir yildan oshmagan qishloq xo‘jaligi texnikasi uchun ajratiladi.
Talabgor subsidiya olish uchun tegishli hujjatlarni tuman (Quvasoy shahri) qishloq xo‘jaligi bo‘limlariga yozma va elektron shaklda taqdim qiladi.
Tuman (Quvasoy shahri) qishloq xo‘jaligi bo‘limlari hujjatlarni 3 kun ichida o‘rganib chiqadi.
Hujjatlar talablarga muvofiq bo‘lsa, 1 ish kunida Qishloq xo‘jaligi vazirligiga yuboriladi va ular tomonidan tahlil qilinadi. Shundan so‘ng tahlillar 1 ish kunida Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga yuboriladi.
Jamg‘arma ularni 3 ish kuni ichida o‘rganib chiqib, natijasiga ko‘ra subsidiyalar ajratiladi. Talabgor subsidiya olish uchun qayta murojaat qilishi mumkin.
11 iyun 2021, 18:03
Qonunchilik
Sholi yetishtiruvchilarga zamonaviy qurilmalardan foydalanganligi uchun davlat subsidiyalari taqdim etiladi
Joriy yilning so’nggiga qadar sholi yetishtirish uchun zamonaviy urug‘ seyalkalari va ko‘chatlab ekish uskunalari qiymatining 20 foizgacha qismi qoplab beriladi.
Foto: Livejournal
«Spot»
- 687
- Izoh
- Tavsiya qilish
So‘nggi yangiliklar
Bugun, 20:16 Biznes
UzAuto Motors Cobalt uchun kontraktatsiyani yakunladi
Kompaniya 10 soat ichida jami 55 494ta Cobalt GX-Style AT Plus va GX-Midnight AT modellari uchun shartnoma tuzgan.
Bugun, 19:59 Texnologiyalar
Apple Siri’ning yangi versiyasini ishlab chiqmoqda — Bloomberg
Yangilangan ovozli yordamchi kompaniya qurilmalari bilan muloqotni yanada tabiiy va samarali qilishga yordam beradi.
Bugun, 19:12 Energetika
O‘zbekiston yil boshidan buyon Xitoyga $540 mlnlik gaz eksport qildi
Shu bilan birga, Turkmaniston va Rossiyadan gaz importi 2,4 baravarga oshib, $1,36 mlrdga yetdi.
Bugun, 18:49 Foydali
Onlayn-kinoteatrlar: O‘zbekistonda film va seriallarni qaysi platformalarda tomosha qilish mumkin va bu qanchaga tushadi?
Spot mahalliy va chet el striming xizmatlariga obuna bo‘lish narxi, kontent miqdori va sifati haqidagi ma’lumotlarni to‘pladi.
Bugun, 18:39 Iqtisodiyot
Toshkent fond birjasi IT-infratuzilmasini Bloomberg platformasi bilan integratsiya qildi
Bu orqali kotirovkalar, buyurtmalar kitoblari va boshqa asosiy ko‘rsatkichlarni real vaqt rejimida uzatish mumkin.
Bugun, 17:54 Biznes
Boeing AQShda 2500dan ortiq xodimini ishdan bo‘shatmoqda
Ishdan bo‘shatishlar kompaniyaning 17 000 ish o‘rnini yoki ishchi kuchining 10%ini qisqartirish rejasi doirasida amalga oshiriladi.
Bugun, 16:01 Moliya
Dollar kursi yana pasaydi
Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi 15 so‘m 14 tiyinga pasayib, 12 829,07 so‘mni tashkil etdi.
Bugun, 16:00 Energetika
Jizzaxda 3,7 mlrd so‘mlik elektr energiyasi talon-toroj qilindi
Xususan, fermer xo‘jaligi shartnomasiz elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib olganliklari aniqlangan.