Xitoy Milliy kosmik boshqarmasi 15-may kuni Marsga qoʻngan “Chjujun” marsoxodi tomonidan yuborilgan fotosuratlarni eʼlon qildi, deya yozmoqda “daryo.uz” Meduza-ga tayanib.
Ular orasida Marsning marsoxodi ilk bor qoʻngan shimoliy yarim sharidagi Utopiya tekisligi manzaralari, shuningdek, qoʻnish platformasida turgan marsoxodning oʻziga xos selfisi ham bor. Ushbu suratni olish uchun “Chjujun” platformadan oʻn metr nari yurib, Mars yuzasida kamera oʻrnatgan va keyin oʻz joyiga qaytgan.
Qoʻnish maydonchasidagi rover bortida Xitoy bayrogʻi va Pekin-2022 Olimpiadasi ramzining tasvirini koʻrish mumkin.
Ma’lumot uchun, “Tyanven-1” 2020-yil 23-iyulda Xitoy janubidagi Venchan kosmodromidan uchirilgan edi. Kosmik apparat qariyb yetti oylik parvozdan soʻng fevral oyida Mars orbitasiga kirgan va ikki oydan koʻproq vaqt davomida potensial qoʻnish joyini qidirgan.
Rover faoliyatining rejalashtirilgan umri — Mars kuni boʻyicha 90 kun, bu Yer kunlaridan 2,7% koʻproq. U toʻrtta quyosh batareyasi bilan ishlaydi. Xitoy roverining harakat tezligi soatiga 200 metrga yetadi.