Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-aprel oylari davomida O‘zbekistonga xorijdan qiymati $45,4 millionga teng bo‘lgan 628,9 ming dona mobil telefonlar import qilingan.
Qayd etilishicha, Oʻzbekistonga 10ta davlatdan mobil telefonlar xarid qilingan. Mobil telefonlar eng koʻp import qilingan davlatlar quyidagicha:
- Xitoy — 422,1 ming dona;
- Vyetnam — 72,9 ming dona;
- Qozogʻiston — 63,5 ming dona;
- BAA — 42,6 ming dona;
- Hindiston — 27,7 ming dona;
- Rossiya — 600 dona;
- Yaponiya — 16 dona.
Mazkur davrdagi import miqdori oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 399 568 taga ko‘p.
Spotning tahminlariga koʻra, mazkur oʻsishga IMEI ham sabab boʻlishi mumkin. Xabaringiz bor, respublikaga kirib keladigan mobil telefonlarning barchasi IMEIdan roʻyxatga olina boshlandi va har xil aylanma yoʻllar orqali importlar oldi olindi.
Mamlakatimizda IMEI roʻyxatga olish tizimi ishga tushirilishi haqida maʼlum boʻlganda, import koʻrsatkichlari darhol oʻsishni boshladi.
Oq importning afzalliklari, ayniqsa, ichki iqtisodiyotning bozor relslariga oʻtishi, raqobatbardosh ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish va xalqaro savdoga qoʻshilishga yordam beradi. Bu texnik jihatdan tashqari, mahsulot sifatiga ishonch hosil qilishi mumkin boʻlgan isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish nuqtai nazaridan ham muhimdir.
Avvalroq Spot, Oʻzbekiston 4 oy ichida qancha miqdorda konditsioner eksport qilganligi haqida xabar bergan edi.