Qozog‘iston avtobiznes Assotsiatsiyasi (AKAB)ning may oyidagi hisobotiga ko‘ra, Qozog‘istonda yengil avtomobillar sotuvi bo‘yicha o‘nta yetakchi brendlar orasidan, doimgidek, Chevrolet birinchi pog‘onani egallab, liderlik qilmoqda.
Unga ko‘ra, reytingning yuqori uchligida 2 791 dona avtomobil sotuvi bilan Chevrolet, ikkinchi o‘rinda 1 644 natija bilan Hyundai, Toyota dilerlari esa 1 398 dona avtomobil sotuvi bilan uchinchi o‘rinni egallashmoqda. Kia o‘tgan oylarga nisbatan avtomobil sotuvini 1 030 donaga ko‘paytirib, uchinchi o‘ringa ko‘tarilish uchun kurashmoqda.
Ma’lumot uchun, 2021-yilning yanvar-may oylarida qozog‘istonliklar jami 44 369 dona yengil avtomobil, avtobus va yuk mashinalarini xarid qilishgan. Bu natija o‘tgan 2020-yilga nisbatan 68,8 foiz o‘sishni tashkil etadi.
Aprel oyida brend ostida 2161 ta avtomobil sotilgan, bu fevral oyiga nisbatan 15% foizga ko‘proq.