Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yil 1-aprel holatiga koʻra, mobil aloqa tizimiga ulangan abonentlar soni 26 million 953,5 mingtani tashkil etib, 2020-yilning mos davriga nisbatan 10,8% ga yoki 2 million 636,8 mingtaga oshgan.

Shu jumladan, aholi orasida 24 million 795,4 mingta abonent qayd etilgan. 2020-yilning mos davriga nisbatan 6,1% ga yoki 1 million 424,1 mingtaga oshgan.

Mamlakat aholisining mobil aloqa bilan taʼminlanganligi har 100 kishi hisobiga 72 birlikni tashkil etmoqda.

Avvalroq Spot, Oʻzbekistonga import qilinayotgan mobil telefonlar miqdori rekord darajada oshganligi va uning sabablari haqida xabar bergan edi.