NASAʼning Kennedi nomidagi kosmik markazi muhandislari Floridada “Artemida-1” missiyasi doirasida insonlarni Oyga yuborishga moʻljallangan oʻta ogʻir raketa-tashuvchini yigʻishni yakunladi, deya yozmoqda “daryo.uz” IXBT-ga tayanib.

11-iyun kuni raketaning asosiy 65 metrli boʻlagini ikkita biroz kichik tezlashtirgichlar orasiga tushirish ishlari yakunlandi. Taʼkidlanishicha, raketaning muhim uchta elementi birinchi bor uchirish konfiguratsiyasi bilan birga yigʻilgan.

NASA tomonidan SLS (Space Launch System) nomi ostidagi raketa ustida ishlar oʻn yillardan buyon davom etib kelayotgandi.

Yozda Orion kosmik kemasi ekipajining yangi kapsulasi SLSʼga oʻrnatiladi va “Artemida-1” missiyasi doirasida yil oxiriga borib Oy atrofida ekipajsiz sinov parvozi amalga oshiriladi. SLS va Orion kosmik kemasini yigʻish ishlari yakunlangach, raketa uzunligi 98 metrga yetadi. NASA vakillarining maʼlum qilishicha, barchasi rejadagidek ketsa, parvoz 2021-yilning noyabrida amalga oshiriladi. Insonlarni Oyga yuborish 2023-yilga rejalashtirilgan.

Avvalroq Spot, Jeff Bezos oʻz akasi bilan iyul oyida kosmosga uchishini haqida yozgan edi.