5,9 gektar maydonda joylashgan “Soyliq” oromgohi e-auksionda aprel oyida qo’yilgan edi. Bu haqida E-ijro auksion saytida xabar berilgan.
Oromgoh Toshkent viloyati, Bo’stonliq tumani , Kichiksoy MFYda joylashgan. Inshoot uchun boshlang’ich narx 14,2 mlrd so’m deb belgilangan. Oromgoh auksion natijalariga ko’ra 14,5 mlrd so’mga sotilgan. Bu haqda E-ijro auksion matbuot xizmati Spotga xabar berdi.
G’olib chiqqan shaxs oromgoh maydonida turistik xizmat ko’rsatish majmuasi, shuningdek kamida 3 yulduzli mehmonxona faoliyatini tashkil etish majburiyati yuklatilgan.