Spot hh.uz sayti orqali O’zbekistondagi banklardagi bo’sh ish o’rinlari haqida ma’lumot to’pladi. Unga ko’ra, hozirgi vaqtda “O'zmilliybank”, “Asakabank” va “Markaziy bank” kabi banklarda 50 ga yaqin bo’sh ish o’rinlari mavjud. Ish tajribasi lavozim turiga qarab turlicha talab qilinadi.
O’zmilliybank
- Xodimlarni tanlash va moslashtirish bo’yicha boshqaruvchi.
- VIP mijozlar bilan ishlash va sotuvlarni boshqarish bo’lim bosh mutaxassisi.
- HR menejer.
- Monitoring boshqaruvi loyihasi menejeri.
- Investloyihalarni moliyalashtirish va hisobot shakllantirish bo’yicha bosh mutaxassis.
- Monitoring boshqaruvi bosh mutaxassisi.
- Bozor xatarlari bo’limi bosh mutaxassisi kabi lavozimlarda bo’sh ish o’rinlari mavjud.
Bank 1 yildan 3 yilgacha, 3 yildan 6 yilgacha va ish tajribasiga ega bo’lmagan mutaxassislarni izlamoqda. Batafsil bu yerda.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki
- Bank xizmatlari ommabopligini oshirish boshqarmasi yetakchi mutaxassissi.
- Bank tizimi statistikasi bo’limi boshlig’i.
- Bank xodimlarini qayta tayyorlash korporativ markazi boshlig’i.
Nomzodlardan bank qonunchiligini bilish, ingliz tilini B1 darajasida bilish va qo’llay olish va ish sohasida ish malakasiga egalik talab qilinadi. Oylik maosh narxi ko’rsatilmagan. Batafsil bu yerda.
Asakabank
- Bank, lizing, investitsiya sohasida 16 ta vakant
- Informatsion texnologiyalar, internet, telekommunikatsiya 10 ta
- Marketing, reklama, PR 10 ta
- Buxgalteriya va moliya 1 ta
- Talabalar uchun 1 ta
- Turizm mehmonxona 1 ta.
Lavozimlar va bajariladigan vazifalarga qarab ish tajribasi va talablar ham o’zgarib boraveradi. Ish tajribasi 1 yildan ko’p bo’lishi talab etiladi.
**Quyidagi ma’lumotlar maqola nashr qilingan vaqtda aktual hisoblanadi va Spot shartlar tez-tez o‘zgarib turayotganligi bois ma’lumotlarni aniqlashtirish yuzasidan saytni kuzatib borishni maslahat beradi.