Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning 1-iyun holatiga savdo sohasida yangi tashkil etilgan korxonalar soni 15 180 tani tashkil etdi.
Shuningdek, iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha tashkil etilgan korxonalar quyidagicha koʻrinish oldi:
- sanoatda — 9 278 ta
- qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligida — 6 998 ta
- qurilishda — 3 025 ta
- yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlarda — 2 653 ta
- axborot va aloqada — 1 116 ta
- tashish va saqlashda — 1 113 ta
- sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatishda — 734 ta
- boshqa sohalarda — 5 438 ta
Avvalroq Spot, korxona va tashkilotlarda ishlovchi xodimlarning o‘rtacha oylik ish haqi haqida yozgan edi.