Humans moliyaviy texnologiyalar loyihasi olti oy davomida millionlab mijozlarni o’ziga jalb eta oldi. Kompaniya esa yarim yil ichida 3,5 barobarga o’sishni qayd etdi. Qanday qilib bu ko’rsatkichlarga erishish mumkin bo’ldi?

Dastavval, Humans — bu oddiy fintex-platforma, to’lov xizmati yoki mobil operator emas. Bu mijozlar haqidagi ma’lumotni bir joyga to’play olgan katta ekotizimdir. Bizning xizmat mijozning asosiy talablarini qondiradi: mijoz mobil aloqa tarmog’idan, turli moliyaviy xizmatlardan foydalanishi mumkin. Shuningdek, mahsulotlar uchun to’lov qilishi, ish o’rinlarini izlashi, umuman qilib olganda barcha uchun doim qiziq bo’lgan servislardan foydalanishi mumkin. Ammo mijoz buni o’ziga katta foyda ko’rgandagina qiladi.

Bunday rivojlanishimizning asosiy sababi — bu o’z vaqtida trendga ega chiqqanimiz deb o’ylayman. Hozirda mobil “superapp” (super ilova)lar har bir mintaqada eng ko’p talab qilinadigan xizmatlarni birlashtirgan universal raqamli portalga aylanmoqda. Bizning ekotizimimiz foydalanuvchi ma’lumotlarini ishlab chiqaruvchisi kabi ishlaydi: ko’proq foydalanuvchilar — ko’proq ma’lumotlar, ko’proq ma’lumotlar — ko’proq yangi foydalanuvchilar.

Men murakkab va ulkan loyihalarni yaxshi ko’raman, shuning uchun bunday xizmatni yaratish g’oyasi bilan men ikki yil oldin “YOTA” dan chiqib, Humans’ni rivojlantirishni boshladim.

So’nggi 20 yil ichida men 12 ta davlatda o’z biznesimni ochdim — bu esa menga mintaqaviy o’ziga xoslikni tushunishga va qo’yilgan maqsadga tezroq erishishga ko’mak berdi. Ammo men doimo telekommunikatsiya sanoati sohasidan chiqib, aynan bu sanoat yo’nalishi unga yirik asos bo’la oladigan ekotizim yaratishni xohlaganman. Albatta mobil operator mijozlarni qo’lga kiritish uchun eng qisqa yo’l hisoblanadi, ammo bu ulkan xizmatlar uchun darvoza vazifasini o’taydi.


Nima uchun dastlab O’zbekistondan boshlashga qaror qildingiz?

O’zbekiston bozoriga biz barcha rivojlanish va imkoniyatlarni o’rganib, keyin kirib kelganmiz. Bu yerda aholining 60 foizi 30 yoshgacha bo’lgan va mobil qurilmalardsan faol foydalanadiganlarni tashkil etadi. Shularni hisobga olganda, O’zbekiston startapni boshlab olish uchun ideal joyga aylandi, hududda mahsulotni maksimla tez darajada aholi o’rtasiga singdirish mumkin. Biz esa kutib turgan auditoriya orasiga tushdik. Bu oyma-oy 10−15% o’sishga erishmoqdamiz. Bu yerda biz uchun rivojlanishga imkoniyat yetarlicha, aholi soni 35 mln, bozor esa hali to’yinmagan.

Ekotizim Osiyo mintaqasida ko’proq rivojlanadi, Yevropada esa super ilovalar ko’plab mashhurlikka erishmoqda.

Bozorda ekotizim yondashuvini superapp modeli bilan oqilona birlashtirgan kompaniyalar soni uncha ko’p emas. Men hatto ularni bir tomondan hisoblash mumkin deb aytgan bo’lardim. Albatta, muvaffaqiyatli misollar mavjud: Hindistonda Jio, Yaponiyada Rakuten, Xitoy gigantlari Alibaba va Tencent, Qozog’istonda Kaspi bor.

Ammo aksariyat mamlakatlarda bunga o’xshash narsa yo’q. Masalan, Yevropada va Qo’shma Shtatlarda ko’plab odamlar dasturlardan foydalanadilar, ammo har bir “bo'lim” uchun alohida mahsulot yaratiladi va birlashtirilgan platformalar hali ham kamdan-kam uchraydi. Yevropalik foydalanuvchilar juda konservativ ya’ni yangiliklarni singdirish ko’p vaqtni talab etadi. Boshqa mintaqalarda ekotizimlar endigina shakllanmoqda va mijozlar o’z xizmatlaridan tanlab foydalanadilar. Bunday misollardan biri — Rossiyadagi Sberbank.

Agar biz O’zbekiston va Qozog’iston haqida gapiradigan bo’lsak, unda bu mamlakatlar endigina raqamli evolyutsiyani boshdan kechirmoqda va yanada o’sishga zamin yaratmoqda.


Humans modelining asosiy g’oyasi nimada?

Har bir ekotizim asosida servis-donor bazasi mavjud bo’ladi. Bu esa mijozlar oqimini kelishini ta’minlab beradi. Bizning holatimizda bu mobil aloqa operatori. Ushbu strategiya xaridorlarni sotib olish narxini minimallashtirishga va uni bozorning o’rtacha ko’rsatkichiga nisbatan besh dan o’n baravargacha kamaytirishga imkon beradi.

Bundan tashqari, mijozning har qanday ehtiyoji tezroq, qulayroq va arzonroq yechilishi mumkin. Xaridor haqida chuqur bilimga ega bo’lgan ekotizim esa uni yanada muvaffaqiyatli qiladi. Tizim tezda o’sishi mumkin. Shularni hisobga olib gapirganda, bizning biznes modelimiz katta potensialga ega.


Qozog’iston bozorini raqamli ekotizimlar nuqtai nazaridan qanday baholaysiz?

Raqamli xizmatlar bozori yaxshi rivojlangan, ammo ekotizim va super ilovalar juda kam. Hozircha, men tushunganimdek, Kaspi yetakchi o’rinni egallamoqda. Yangi o’yinchilar paydo bo’ldi — “Beeline” yaqinda poyga safiga qo’shildi.

Ammo, yana “ekotizim + super app” modeli Qozog’istonda hali ham to’g’ri taqsimlanmagan. O’yinchilarning aksariyati fintech xizmatlariga ishonishadi va bankni “donor” xizmati sifatida ishlatishadi. Ammo mening fikrimcha, dastlab mijozlarni ekotizimga jalb qilishning samaraliroq usullari haqida o’ylash kerak. Bizning O’zbekistondagi loyihamiz buning yorqin dalilidir.

Fintex — bugungi kunda ko’plab kompaniyalar chiqishni xohlayotgan yo’nalish hisoblanadi. Hozirga kelib, blogerlar uchun, geymerlar uchun banklar va zumerlar uchun to’lov xizmatlari yo’lga qo’yilgan. Siz yaqinda yangi bank xizmatini ishga tushirdingiz. Bu qaysi muammoni yechishda yordam bera oladi?

Bozorga haqiqatdan ham qulay bo’lgan xizmatlar yetishmaydi. Suz zumerlar yoki geymerlar uchun yangilangan xizmatlarni cheksiz tarzda taqdim etishingiz mumkin. Ammo bu xizmatlardan ular foydalanishga hech kim kafolat bermaydi. Misol uchun Z avlod vakillariga 4−5 ta bank kartasi ochib, sayohat va boshqa harajatlar uchun pul to’plash qulayroq. Bu yerda fintex-kompaniyalarning asosiy vazifasi — ko’proq “og'riqli muammolar"ni hal etishga yordam berishdir. Mijozning hamyonida va miyasida ko’proq joy egallashga harakat qilish lozim.

Xitoyning eng yuqori ekotizimlari qanday rivojlanayotganiga e’tibor bering. Masalan, Tencent doimiy ravishda yangi “og'riqli nuqtalarni” topadi va ularni o’sish nuqtalariga aylantiradi. Biz bir xil yo’nalishda o’ylaymiz. Ha, fintech bozorida raqobatchilar soni talaygina, shu jumladan neobanklar ham mavjud. Ammo ularning strategiyasi va biznes modelini o’rganib chiqsangiz, ularning an’anaviy banklardan farqi yo’q ekanligiga amin bo’lasiz.

Ikkalasi ham ikki marta bosish bilan moliyaviy xizmatlarni taklif qiladi — va bu yerda innovatsiyalar cheklangan. Shunday qilib, bugungi kunda neobanklar bir xil “dinozavrlar” ga aylanishdi — ko’pchilik o’zlarining rivojlanishida eng yuqori darajasiga yetib borishadi va ko’rsatkichlarni boshqa yuqorilata olishmaydi. Ekotizim bunday muammoga duch kelmaydi, chunki u doimiy ravishda auditoriyaning o’zgaruvchan ehtiyojlariga moslashadi.


Bu moslashuv mintaqaviy o’ziga xoslikka bog’liq bo’ladimi? Tajribangizdan kelib chiqqan holda, qaysi hududlarda biznesni yo’lga qo’yish osonroq va yoki qiyinroq deb o’ylaysiz?

Har yerning o’ziga xosligi bor — bir hududning boshquvchi kuchlari boshqasinikidan tamoman farq qilishi mumkin. Misol uchun, AQSH — maksimal darajadagi qiyin va juda rivojlangan bozordir. U bir vaqtning o’zida ko’plab imkoniytlar va shunga yarasha qiyinchiliklarni ham taqdim etadi. Amerikada raqobat juda katta, sizda tug’ilgan g’oyani, sizgacha allaqachon amalga oshirishgan yoki hech bo’lmaganda urunib ko’rishgan bo’lishadi. Boshqa misol — Qirg’iziston. Mamlakat bozorida hali infratuzilma va bozor mexanizmlari yaxshi shakllantirilmagan. U yerda o’z g’oyalaringizni kengroq amalga oshira olasiz.

Har qanday vaziyatda ham, mintaqaviy darajada muvaffaqiyatga erishish uchun boshqaruvchi kuchlar va harakat zarur. Kun sayin siz bir tizimni noldan boshlab mukammallik darajasi tomon qurib borasiz. Bu juda qiyin ish, ammo shunga arziydi. Biznesning asosiy resurslari — g’oyaga va jamoaga ishonishdir. O’shandagina har qanday qiyinchilikni yengib o’tish mumkin. Qolganlari esa moliyaviy tomondan hal qilinadigan ishlar bo’ladi.

Humans ekotizimini oldin ishga tushirgan boshqa mahsulotlar bilan integratsiya qilishni rejalashtirmoqdamisiz? Masalan, Amerikaning Humans.net HR-tech-platformasi bilan?

Biz uchun AQSHdagi va O’zbekistondagi loyihalar tamomila boshqa narsalardir. Bu yagona texnologik platformaning ikkita ajralmas komponenti hisoblanadi. Ularning asosida foydalanuvchilar ma’lumoti saqlanadigan bank yotadi. Ekotizimning eng qimmatli resursi — bu foydalanuvchilar ma’lumotlaridir.

Qanchalik ko’p ma’lumot to’plasangiz, shunchalik ishonchlilik darajasi oshib boraveradi. Bu esa yangi foydalanuvchilar oqimini olib keladi. Bu mexanizm bizga muntazam o’sishni ta’minlab beradi.

Har bir alohida mintaqada qaysi xizmat ekotizimning asosiy “donori” ekanligi haqida savol tug’iladi. Humans mijozlari mahalliy va global xizmatlardan foydalanishlari mumkin.
Masalan, mahalliy darajada bank, sug’urta va mobil aloqadan foydalanishlari, global darajada — Humans.net portaliga ulanib, butun dunyo bo’ylab mutaxassislarni qidirishlari mumkin. Bunday biznes-model yordamida xaridorlarni sotib olishning juda past narxiga ko’paytirilsa, biz raqobatning aksariyat qismini osonlikcha ortda qoldiramiz.


Yaqin kelajakda Humans qanday rivojlanadi? Xorijiy investorlarni jalb qilish rejalar mavjudmi?

Biz tarmoq hamkorlarini rivojlantirishni reja qilmoqdamiz, balki investorlarni ham bu ishga jalb etarmiz. Bizda asos bor — raqamli sanoat sohasida ko’plab tajribaga ega kuchli jamoani shakllantira oldik, boshqa mamlakatlarda takroran yo’lga qo’yish mumkin bo’lgan biznes-model ishlab chiqdik, milliondan ortiq insonlar foydalanayotgan ishchi mahsulotni yaratdik. Eng asosiychi, mijozlarni jalb qilish va monetizatsiyaning nostandart strategiya evaziga biz raqiblardan o’zib ketdik. Kelajakda, Humans ikki qirrali kompaniyaga aylanishi mumkin — bir qismi Yevropada, ikkinchisi esa MDH va Osiyo mintaqasida faoliyat ko’rsatadi.

Yaqin kelajakda biz Rossiya va O’zbekiston o’rtasida transchegaraviy o’tkazmalar xizmatini yo’lga qo’yamiz. Keyinroq esa, iste’mol kreditlari bozoriga kirishni rejalashtirmoqdamiz: bizning tizimimizda nafaqat mablag' sarflash, balki qarz olish ham mumkin bo’ladi. Mijozlar elektr yoki suv uchun to’lovlarni to’lash uchun oyliklarini kutishlariga hojat yo’q.

Bunga parallel ravishda biz Germaniyada Humansni ishga tushirish ustida ishlayapmiz, u yerda ham shunga o’xshash ekotizimni qurishni rejalashtirmoqdamiz — bu bank, uyali aloqa xizmatlari va bozorni ham o’z ichiga oladi. Biz allaqachon mintaqadagi yetakchi uyali aloqa operatorlaridan biri bilan shartnoma imzolaganmiz, shuning uchun birinchi qadamlar allaqachon qo’yilgan. Shuningdek, biz MDH bozori salohiyatini o’rganmoqdamiz — postsovet mamlakatlarida ekotizim va super ilovalarga talab mavjud va raqobat hali ham minimal darajada.


Humans’ning biznes va madaniyat nuqtai nazaridan missiyasi qanday?

Ekotizimning asosiy jhati bu — rivojlanish uchun sharoit yaratishdadir. Misol uchun, Alibaba ko’plab savdogarlar va sotuvchilar uchun pul ishlab topish, biznesni yo’lga qo’yish imkonini yaratadi. Mana shu yaxshi shakllangan ekotizimning bir namunasi. Meni o’ylashim bo’yicha bizda ham xuddi shunday biznes-falsafa mavjud. U esa “Tarqatish uchun pul ishlab topamiz” deb nomlanadi.

Bizning asosiy prinsipimiz “Humans for humans” — “Odamlar odamlar uchun”.

Ishonchim komilki, kompaniya o’z resurslarini boshqalar bilan baham ko’rishni boshlagandagina biznes rivojlanadi. Biz xizmatlar uchun mumkin bo’lgan eng past narxlarni taklif qilamiz, shuningdek, keshbek olish uchun qulay shart-sharoitlarni ta’minlaymiz va shu bilan foydalanuvchilar bilan resurslarni baham ko’ramiz. Mening fikrimcha, 2021-yilda kompaniya Facebook modelida ishlay olmaydi va o’z mijozlaridan yakka o’zi milliardlab pul ishlab olish imkoniga ega emas. Uzoq muddatli istiqbolda bu biznesning eng yaxshi modeli emas, ayniqsa bugungi kunda, almashish iqtisodiyoti va ijodkor iqtisodiyotining segmentlari o’sib borayotgan paytda.

Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, Humans’ning faol mijozlar bazasi bir milliondan oshgan. Yarimyillikni sarhisob qilgan holda bu natijani qanday baholaysiz? Bu sizning boshida kutganlaringiz bilan mos kelyaptimi?

Pandemiya bizning loyihaga o’z ta’sirini o’tkazmay qolmadi. Kompaniya noyabr oyining o’rtalaridan boshlab o’zining savdo operatsiyalarini amalga oshirishni boshlagan edi. Yarim yil ichida biz faol mijozlar bazasiga ega bo’ldik. Ammo ekotizimning muvaffaqiyati sakkiztalik raqamlarda o’lchanadi. Demak biz hali yo’lning boshlang’ich nuqtasidamiz. To’g’ri qo’llaniladigan biznes-model va kuchli jamoa orqali doimiy o’sishga erishish mumkin bo’ladi.

**Maqola Forbes.kz materiallari asosida tayyorlandi.