“LUKOYL Uzbekistan Opereyting Kompani” MCHJga bosh direktor tayinlandi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar beradi.
Timur Shamilevich Gaynanshin kompaniyaning bosh direktori etib tayinlandi.
Shu paytgacha u kompaniyaning ishlab chiqarish bo’yicha bosh injeneri lavozimida ishlab kelgan. Rossiyadagi neft-gaz universitetida (Gubkin), geologiya razvedka universitetida va Skolkovo boshqaruv maktabida tahsil olgan.
Avvalroq Spot, “LUKOYL Uzbekistan Opereyting Kompani” O’zbekistondagi yetakchi o’rinni egallab kelayotgan 94 ta kompaniya ro’yxatiga kiritilganligi haqida yozgan edi.