15-iyun kuni O‘zbekiston Maktabgacha ta’lim vazirligi va Saudiya Taraqqiyot jamg‘armasi o‘rtasida maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish loyihasi muhokama qilindi, deb xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.
Ushbu loyihaning umumiy qiymati 10,9 million dollar bo‘lib, Saudiya Taraqqiyot Jamg‘armasining kredit mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Mazkur kredit mablag‘lari 40 ta davlat-xususiy sheriklik shartlari asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish uchun yo‘naltirilish rejalashtirilgan. Natijada 4,5 ming bola maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinadi.
Avvalroq Spot, maktabgacha ta’lim muassasalarini ochishni rejalashtirgan tadbirkorlarga davlat tomonidan imtiyozlar berilishi haqida xabar bergan edi.