“Uzbekistan Airways” Hindistonda yuzaga kelgan epidemiologik vaziyat munosabati bilan 2021-yil 18-iyundan boshlab “Uzbekistan Airways” AJ haftaning juma kunlari amalga oshirilayotgan Toshkent-Dehli-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlarni bekor qiladi.

Avvalroq, Respublika Maxsus Komissiyasining qaroriga asosan Uzbekistan Airways Istanbul va Dehliga qatnaydigan 6 ta reyslarni bekor qilgan edi.

Yo’lovchilarga bekor qilingan qatnov aviachiptasi uchun pul mablag‘larini qaytarib olish taklif etiladi.

O’zbekiston va Dehli o’rtasidagi muntazam qatnovlar 5-martdan boshlab tiklanishi haqida Spot oldin xabar bergan edi.